“ENERGOMAX” kompaniyasi zamonaviy va jahon standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqaradi. Kompaniya nafaqat anʼanaviy transformatorlar ishlab chiqarish, balki oʻz dizayniga ega, yuqori samaradorlikka erishgan va kam xarajatli zamonaviy transformatorlarni loyihalash hamda amaliyotga tatbiq etish bilan shugʻullanadi.
Oʻzbekistonda Italiya texnologiyalari asosida ishlovchi uskunalar yordamida muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan quruq va moyli transformator-nimstansiyalarni seriali ishlab chiqaradigan yagona kompaniya hisoblanadi. Quruq va moyli transformator-nimstansiyalar energetika, sanoat, transport, qishloq xoʻjaligi, qurilish va ekologiya kabi sohalarda qoʻllaniladi. Ular elektr taʼminotining barqarorligini taʼminlab, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishga yordam beradi. Ichki bozordagi yasama va oddiy transformatorlardan farqli ravishda, “ENERGOMAX” mahsulotlari 7-10 yilgacha kafolat bilan taʼminlanadi. Korxona mahsulotlari xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli ishlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, xalqaro standartlarga toʻla mos keladi.