"ISTAL" ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi, mamlakatimizda suv isitish, bugʻ qozoni, qozonxonalari va gorelkalarni innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarish va import oʻrnini bosish sohasida yagona ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yuritadi. Korxonaning asosiy maqsadi ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish boʻlib, bu mahsulotlar CO2, CO, NO2 kabi zararli gazlarning atmosferaga chiqishini minimal darajagacha kamaytirishga imkon beradi. Ushbu mahsulotlar oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, issiqxonalar, qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, aholining kundalik ehtiyojlari uchun keng qoʻllaniladi. "ISTAL" ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi oʻzining mahsulotlarini ichki bozorda muvaffaqiyatli yetkazib bermoqda. SU 1028947, (P) 519751 sonli patentlari mavjud. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyoning 30% i import qilinadi, 70% i esa mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadi. "ISTAL" korxonasi tomonidan taqdim etiladigan texnik xizmat, taʼmirlash, montaj, sozlash va ishlatish xizmatlari ichki bozorda boshqa korxonalarda mavjud emas.