Korxona 1995-yili “Oʻzxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi negizida tashkil etilgan. Asosiy ixtisosi — paxta tozalash sanoati va qishloq xoʻjaligi uchun uskunalar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishdan iborat.
“RUSART” MChJ innovatsion loyiha sifatida 3000 kg/soat paxta xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega resurslarni tejaydigan modulli paxta zavodini taklif etadi, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalarning mahalliylashtirilganlik darajasi 100% dan iborat. Bu zavod oʻrta tolali xom paxtani boshlangʻich qayta ishlash uchun moʻljallangan boʻlib, natijada standart prizmatik kiplardagi paxta tolasi va lint (pux), shuningdek urugʻlik va texnik chigitni hosil qiladi. Barcha mahsulotlar belgilangan standartlarga javob beradi. Tolalar Oʻz DSt 841:2016 standartiga (960×595×780 mm, 175±5 kg) muvofiq kiplarga jamlanadi.