“Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentligiga qabul qilish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, innovatsion loyihalar asosida faoliyat yurituvchi quyidagi korxonalar texnopark rezidenti maqomiga ega bo‘ldi:
🟢 “RUSART” MChJ — “Resurs tejaydigan modulli (mini) paxta zavodi” loyihasi;
🟢 “TOSHKENT PLAST POLIMER” MChJ — “Polimer kompozitsion materiallar ishlab chiqarish” loyihasi.
Ushbu loyihalar sanoatga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, resurslardan samarali foydalanish va mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi.
❗️Tadbirkorlar mazkur Texnopark rezidentiga aylangan holda soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘lishadi.
☎️ Ma’lumot uchun telefon: (71) 269-49-51, (71) 269-49-52.