Innovatsion loyiha va gʻoyalarini rivojlantirish istagida bo'lgan tadbirkor va yoshlar diqqatiga!
🟢Toshkent shahridagi "Yashnobod" innovatsiya texnoparki Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida o'z faoliyatini davom ettirayotganligini ma'lum qilamiz.
✅"Yashnobod" texnoparkining direksiyasi va rezidentlari amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bo‘yicha u faoliyat yuritadigan barcha muddatga quyidagi to‘lovlardan ozod etiladi:
• yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan
• tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish doirasida o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, xomashyo, materiallar, reaktivlar, komplekt mahsulotlar va qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bojhona yig‘imlaridan tashqari).
Texnopark asosan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faoliyat yuritadi:
🔵Kimyo texnologiyalari, biotexnologiyalar, farmatsevtika
🔵Robototexnika, mashinasozlik
🔵Qurilish materiallari
🔵Energiyani tejash va muqobil manbaalarini yaratish
🔵Oziq-ovqat sanoati
☎️Batafsil ma'lumot uchun: (71) 269-49-51, (71) 269-49-52
📍Manzil: Toshkent sh., Yashnabod tumani, Majnuntol 5