At the enterprise, which is the only one in Central Asia, a project for the use of a 3D-size printer has been implemented

ENG: Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari faoliyati bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.

“Yashnobod” innovatsion texnoparki 2017 tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kunda “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari jami 53 ta innovatsion loyihasi bilan quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat yuritmoqda. Jumladan, kimyo texnologiyalari, biotexnologiyalar, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyalari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, qishloq hoʻjaligi, qurilish materiallari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa yoʻnalishlarda samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Hozirgacha rezidentlar tomonidan 597 ta yangi ish oʻrni yaratilgan boʻlib, 232,9 milliard soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan va mamlakatimiz ichki bozoriga sotilgan. Shu bilan birga, 1,9 million AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston davlatlariga eksport qilingan. Joriy yilning 9 oyi natijalariga koʻra, rezidentlar tomonidan 3,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar kiritilgan.

“Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidenti “NOVAPRINT” korxonasi bugungi kunda qurilish sohasida 3D printerlaridan foydalanish loyihasini amalga oshirmoqda.Ushbu loyiha kichik meʼmoriy shakllar, binolar va uylarning qismlarini maxsus betondan, shuningdek, boshqa qurilish aralashmalaridan (loy, gips) istalgan shakl va dizaynda qurish uchun yangi modifikatsiyalangan qurilish 3D printerlaridan foydalanilmoqda.

Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan mazkur ishlab chiqarish korxonasida, bugungi kunda kichik qoliplar – landshaft sifatida foydalanish uchun gul hovuzlari ishchi kuchi va mahsulot tejalgan holda tezkor vaqt ichida yaratilmoqda.Uy yoki biror inshootni qurish koʻp mablagʻ, mehnat va ishchi kuchini talab etadi. Mamlakatimizda shunday innovatsion texnologiya ishlab chiqildiki, u orqali bir necha oylab quriladigan binolar kam kuch va mablagʻ sarflangan holda ekologiyaga zarar yetkazmasdan bir necha kunda qad rostlaydi. Bu innovatsion uskuna – 3D oʻlchamli printerlar orqali amalga oshiriladi

Other news