// biz nima taklif qilamiz

Yashnobod innovatsion texnoparki

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi PF-5068-son “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyuldagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 468-son qaroriga asosan tashkil topgan. Texnopark, bu — hududiy, ilmiy, texnologik va innovatsion loyihalarni amaliyotga tadbiq etuvchi texnologik baza hisoblanadi. Texnopark — mulk kompleksi boʻlib, u ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat obyektlari, biznez markazlari, koʻrgazma maydonlari, taʼlim muassasalari, va shuningdek, xizmat koʻrsatish obyektlari: transport vositalari, oʻtish yoʻllari, aholi yashaydigan qishloqlar va qoʻriqlash xizmatini oʻz ichiga oladi. Xalqaro texnologik parklar assotsiatsiyasi innovatsion infratuzilma obyektini quyidagicha taʼriflaydi: texnopark, bu – tashkilot mutaxassislari tomonidan boshqariladi, uning asosiy maqsadi –innovatsion madaniyatni rivojlantirish orqali mahalliy aholi yashash farovonligini yaxshilash vainnovatsion biznes va ilmiy tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Texnoparklar asosan innovatsion gʻoyalar shakllanadigan joy. Biroq, texnoparklar zamonaviy ilm-fan shaharlari – yangi texnologiyalarni joriy etish uchun nafaqat platformadir, balki, noyob meʼmoriy loyihalar amalga oshiriladigan joy hamdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 5068-sonli Farmoni bilan “Yashnobod” innovatsion texnoparki tashkil etilgan. Hozirgi kunda “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari jami 53 ta innovatsion loyihalari bilan quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat yuritmoqda. Jumladan; kimyo texnologiyalari, biotexnologiyalar, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyalari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, qishloq hoʻjaligi, qurilish materiallari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa yoʻnalishlarda samarali ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.

video ko'rgazma
// Tajriba, ijro, afzalik.

Bizning maqsadlarimiz

Bizning maqsadlarimiz

 Innovasiya mahsulotlari yaratishning barcha bosqichlarida, shuningdek mahalliy va xorijiy ishlanmalar va texnologiyalar asosida innovasiya, yuqori texnologiyali va ilmtalab mahsulotlar ishlab chiqarish tashabbuskorlariga ko'maklashishni nazarda tutadigan innovasiya tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish • Texnopark rezidentlari texnologiyalarini sanoatning turli sektorlariga berish, texnopark hududida ishlab chiqarishni tashkil etgan holda zamonaviy xorijiy va mahalliy texnologiyalarning transferini ta'minlash • Kichik va xorijiy innovasiya tadbirkorligini, olimlar va ishlanmalar yaratuvchilari jamoalarini xalqaro kooperasiyaga kiritish masalalarini hal etish, eksportga yo'naltirilgan innovasiya ishlab chiqarishlarini jadal rivojlantirish • Innovasiya tadbirkorligi, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o'zaro hamkorlikni tashkil etish, shu jumladan qo'shma loyihalarni amalga oshirish sohasida samarali davlat-xususiy sherikchilikni yo'lga qo'yishga ko'maklashish

// Bizning Jamoamiz

Bizning yetakchi jamoamiz

Texnopark tajribali va fidoiy jamoasi yordami bilan siz o'z innovatsion ishlanmalaringizni hayotga tadbiq qilasiz.

Meliziyayev Islombek Ikromjon o‘g‘li

Innovatsion loyihalarni jalb qilish, baholash va saralashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

+998977550557
i.meliziyayev@yait.uz

Rizayeva Gulnoza Mahmudovna

Rezidentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i

+998946600997
G.rizayeva@yait.uz

Xudoybergenov Shonazar Jonibekovich

Xo'jalik bo'limi boshlig'i

+998903259555
Sh.xudaybergenov@yait.uz
0 +
amalga oshirilgan loyihalar
0 +
faol mijozlar
0 +
dasturlar o‘tkazish
0 +
Yangi ish o’rinlari
// Texnologiya indeksi

.

%
%
%