Biznes Inkubator haqida
Biznes Inkubator - Innovatsion g'oyalarni biznes modelga aylantirishda g'oya egalarini qo'llab quvvatlash 3 oylik o`quv-amaliy dasturi.
Tashkilotchilar:
*O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
*Vazirlik qoshidagi Yashnobod Innovatsion texnoparki
Dastur Maqsadi:
Yoshlar, boshlovchi tadbirkorlar, ixtirochi olimlarga ularning g'oyalarini ishlovchi biznes-modelga aylantirish, biznes boshqaruvda ko'mak berish, tadbirkorlar, olimlar va tashabbuskor yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini oshirish.
Dasturda mashg'ulotlar amaliy tajribaga ega bo'lgan tadbirkorlar va biznes konsultantlar tomonidan olib boriladi.
Dastur kimlar uchun?
- Tashabbuskor yoshlar;
- Ixtirochi olimlar;
- Ilmiy hodimlar;
- Talabalar;
- Boshlovchi tadbirkorlar.
Ta’lim shakli
Dastur ishtirokchilari uch oy davomida turli mavzular bo`yicha ko`zga ko`ringan mutaxassislardan amaliy darslar olib boradilar. Undan tashqari, har bir ishtirokchi jamoaga biznes-ustoz (treker)lar biriktiriladi. Ishtirokchilar biznes-ustozlari ko`magida o`z loyihalarini hayotga tadbiq qilishga tayyorlab boradilar.
Kutilgan natijalar:
-o'z g'oyasini biznes shaklida ko'rishni o'rganadi;
-o'z g'oyasini investor(lar)ga taqdim qilishni o'rganadi;
-biznes boshqaruvni o'rganadi;
-bozor (mijozlar va raqobat); bilan muloqot qilishni o'rganadi;
-mustaqil tadbirkorlar ko'payishi;
-hayot tarzini yaxshilovchi; g'oyalar qog'ozlardan amalga ko'chishi;
-yangi ish o'rinlari ochilishi.
Final
Dastur finaliga yetib borgan ishtirokchilar o`zlarining biznes loyihalarini investorlarga taqdim qilishlari hamda Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan o`tkaziladigan startap tolyihalar tanlovida to`g`ridan to`g`ri ishtirok etish imkonini qo`lga kiritadilar.
Dasturda qatnashish shartlari
- Arizachining 18 yoshdan kichik bo’lmasligi;
- Arizachi jamoasida kamida ikki kishi bo`lishi;
- Taqdim qilayotgan g`oyasi bo`yicha yetarli nazariy bilim va boshlang’ich amaliy tajribaga ega bo`lishi;
- O`z loyihasi ustida doimiy ishlashga tayyor bo`lishi.