“Bo‘lajak olim” startap loyihalar tanlovining dastlabki bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun tanlov komissiyasi bosqichida “Demo-day” tadbiri tashkil etildi.
“Bo‘lajak olim” startap loyihalar tanlovining dastlabki bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun tanlov komissiyasi bosqichida “Demo-day” tadbiri tashkil etildi.
Unda 13 ta startap loyihaning ishchi taqdimoti tashkil etilib, tanlov komissiyasi tomonidan nizomda belgilangan mezonlariga asosan baholandi.
Shuningdek mazkur tadbirga, akseleratsiya markazlari, xorijiy kompaniya hamda biznes soha vakillari, venchur fondlar shuningdek, investorlardan iborat jami 18 ta tashkilotlar jalb qilindi.
Tanlovning ushbu bosqichida 287 ta startap loyiha tanlov komissiyasi tomonidan yanvar, fevral oylari davomida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Tadbir davomida “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” ilmiy g‘oyalar tanlovida g‘olib deb topilganlarga sertifikatlar topshirildi.
Maʼlumot o‘rnida, “Bo‘lajak olim” tanlovi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2024-yilning 15-iyulidan 30-avgustiga qadar “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi, “Bo‘lajak olim” startap loyihalar tanlovi, “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” ilmiy g‘oyalar tanlovi va “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” startap loyihalar tanlovi kabi 4 ta yo‘nalishda tashkil etilgan edi.