Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining 1-komponenti “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish va natijalarini tijoratlashtirish” dasturi doirasida loyihalar tanlovini

👉Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining 1-komponenti “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish va natijalarini tijoratlashtirish” dasturi doirasida loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.

✅Tanlov ilm-fanning barcha sohalari boʻyicha loyihalarni tanlab olishga qaratilgan boʻlib, COVID-19, qayta tiklanadigan energiya manbalari, energiya samaradorligi va kam karbonli texnologiyalar bilan bogʻliq tadqiqotlar boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlaydi.

🔰Tadqiqot sifatini oshirish dasturi ikki turdagi grantlarni oʻz ichiga oladi: yosh olimlar uchun grantlar (Junior Research Grant) va katta yoshdagi tadqiqotchilar uchun grantlar (Senior Research Grant). Yosh olimlar va katta ilmiy xodimlar uchun grantning maksimal miqdori mos ravishda 200 000 va 600 000 AQSH dollarini tashkil etadi, grant shartnomasi imzolangan sanadan boshlab 24 oygacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi.

Batafsil

Boshqa yangiliklar