
Yashnobod Innovatsiya Texnoparkiga yangi rezidentlar qabul qilindi
📅 2025-yil 1-mart kuni Yashnobod Innovatsiya Texnoparki rezidentlarni tanlash bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda uchta tadbirkorlik subyekti texnopark rezidenti sifatida qabul qilindi.
✅ Rezidentlikka qabul qilingan loyihalar:
- “MEP GROUP” MChJ – "Polimer kompozit materiallar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish va tashkil etish"
- “SGD SYSTEMS” MChJ – "Kalla suyagida defekti bor bemorlarga individual 3D implantant ishlab chiqarish"
- “SAVDO TARAQQIYOTI” MChJ – "Yozuvli rangli metal muhrlar ishlab chiqarish"
Texnopark rezidenti maqomini olgan ushbu korxonalar innovatsion faoliyatni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘nalishlarida o‘z faoliyatini olib boradi.
Texnopark rezidentlari uchun taqdim etiladigan imkoniyatlar:
✔ Soliq va bojxona imtiyozlari
✔ Ilmiy va texnologik infratuzilmalardan foydalanish
✔ Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘llab-quvvatlash
Yashnobod Innovatsiya Texnoparki innovatsion loyihalarni rivojlantirishga ko‘mak berish orqali mahalliy ishlab chiqarish va texnologik taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.
📌 Texnopark yangiliklarini kuzatib boring va innovatsiyalar sari birga qadam tashlang! 🚀