"Ardent" MChJ — un va non sifatini tekshirish, mahsulotlar, formulalar, usullar va jarayonlarni ishlab chiqish va optimallashtirish uchun o‘lchov va texnologik muhandislik yechimlarini ishlab chiqaruvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi. Kompaniya oziq-ovqat sanoati laboratoriyalari ehtiyojlariga mos keladigan, xalqaro standartlarga javob beruvchi yuqori sifatli laboratoriya mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Bugungi kunda "Ardent" MChJ faqat 5 ta davlatda mavjud bo‘lib, global miqyosda ilg‘or texnologiyaga ega kompaniyalardan biridir. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi hududida laboratoriya asbob-uskunalarini mahalliylashtirishni maqsad qilgan. Bu tashabbus O‘zbekistonni zamonaviy texnologiyalarga ega davlatlar qatoriga olib chiqishga xizmat qiladi va mamlakatning oziq-ovqat sanoati laboratoriya asbob-uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha mustaqil salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan.