"EPG-POS" MChJ kichik tadbirkorlik subyekti bo‘lib, raqamli texnologiyalar va zamonaviy dizayn yondashuvlaridan foydalangan holda raf maydonlarini samarali tashkil qilish uchun innovatsion tizimlar ishlab chiqarish va yig‘ishga ixtisoslashgan.
Kompaniya loyihasining asosiy maqsadi — raf va saqlash joylarini optimallashtirish orqali ularning joylashuvi va funksionalligini oshirishdir. Yangi texnologiyalar yordamida ishlab chiqilgan ushbu tizimlar omborlar, do‘konlar va boshqa saqlash joylarida maksimal samaradorlik va tartibni ta’minlaydi. Bu innovatsion tizimlar nafaqat saqlash jarayonini soddalashtiradi, balki joydan unumli foydalanishga ham yordam beradi.
"EPG-POS" MChJ loyihasi orqali saqlash tizimlarini yanada samarali, intuitiv va optimallashtirilgan shaklga keltirishni maqsad qilgan.