“GROAL PLYUS” MChJ tomonidan avtomobil gilamchalarini ishlab chiqarish loyihasi mahalliy va xorijiy bozorlarni ekologik toza, bardoshli va zamonaviy mahsulotlar bilan taʼminlashni maqsad qiladi.
Mahsulotlarini ishlab chiqarishda polietilin va polipropilindan issiq havoda eritib choʻzish orqali sovuq suvda shakl berilib lenta holiga keltiriladi. Har bir ekstruder uskunalaridan 1 kunda 300 kgdan 500 kg gacha mahsulot olishga erishish mumkin. Shu kunga qadar ushbu mahsulot faqat import orqali olib kelingan, ushbu innovatsion gʻoya oʻzimizda mavjud boʻlgan xom-ashyodan mahsulot ishlab chiqaradi va importga sarf boʻladigan xarajatni 2 barobar kamaytiradi. Mazkur loyiha iqtisodiy samaradorlikni oshirish bilan birga, avtomobilsozlik tarmogʻida mahalliylashtirish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ekologik xavfsizlikka eʼtibor qaratilib, atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyillariga amal qilinadi.