Jahon amaliyotida birinchi marta ruda pulpasidan oltin, kumush va boshqa kamyob metallarni ajratib olishda foydalanish uchun import oʻrnini bosuvchi kompozitsion sorbentlar va boshqa kimyoviy reagentlarni olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Kompozitsion sorbentlar mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqildi hamda metallurgiya sanoatida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida foydalaniladi. Ushbu mahsulot oltin, kumush va boshqa noyob metallarni tanlab olishni (sorbsiya) taʼminlaydi, metallga toʻyingan eritmalarning begona aralashmalar bilan ifloslanishini cheklaydi, tarkibi yumshoq (tuproq) komponentlardan iborat boʻlgan rudalardan oltin, kumush va boshqa kamyob metallarni olishning texnologik jarayonini qisqartiradi. Bundan tashqari, u qulayligi, arzonligi, iqtisodiy samaradorligi va ekologik xavfsizligi bilan ajralib turadi