“POWER CLASS” MChJ avtomobil yoritgichlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali ichki va tashqi bozor talabini qondirishni maqsad qilgan.
Avtomobil uchun yoritgichlarning 80-90% i polietilen hamda polipropilendan ishlab chiqariladi. Polipropilen nisbatan qattiq material boʻlganligi uchun ayrim detallarning elastikligini oshirish maqsadida unga polietilen qoʻshib aralashtiriladi. Polikarbonat faqatgina 5-10% detallar uchun ishlatiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlari zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilib, sifat nazorati va samaradorlik tamoyillariga rioya qilinadi. Ushbu loyiha yangi ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish orqali mahalliy sanoatga katta hissa qoʻshmoqda.