Goji va Kavar oʻsimliklarini mahalliy iqlim sharoitida ekish, oʻstirish, parvarish qilish va yigʻib olish texnologiyalari ishlab chiqiladi. Shuningdek, ularning biologik faol moddalarga boy qismlarini saqlab qolish uchun zamonaviy qayta ishlash texnologiyalari qoʻllaniladi. Ushbu jarayon yetishtirish uchun optimal sharoitlarni yaratish, innovatsion qadoqlash va saqlash usullari, qayta ishlash jarayonini samaradorligini oshirishni oʻz ichiga oladi. Goji va Kavar oʻsimliklari sogʻliq uchun foydali xususiyatlari bilan tanilgan boʻlib, dorivor va oziq-ovqat sanoatida katta talabga ega. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mahalliy va xalqaro bozorlarda bu oʻsimliklardan tayyorlanadigan mahsulotlarga boʻlgan talabni qondirishga yordam beradi.