“SAVDO TARAQQIYOTI” MCHJ elektr va gaz hisoblagichlari uchun rangli metal muhrlar ishlab chiqarish boʻyicha loyihani muvaffaqiyatli ishga tushirgan boʻlib, hozirda ishlab chiqarish jarayoni toʻliq yoʻlga qoʻyilgan. Korxona yuqori sifatli rangli metal muhrlar ishlab chiqarishni amalga oshirib, mahalliy bozor ehtiyojlarini qondirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar yetkazib berishga yoʻnaltirilgan. Ishlab chiqarish zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan boʻlib, mahsulotlar xavfsizlik talablari va sifat standartlariga mos ravishda lazer gravirovkasi hamda maxsus himoya belgilari bilan jihozlanadi. Loyihaning ishga tushirilishi natijasida yangi ish oʻrinlari yaratilgan, mahalliy hamkorlik rivojlantirilgan va energetika hamda gaz taʼminoti tizimidagi shaffoflikni taʼminlashga sezilarli hissa qoʻshilgan.