"YAIT biznes-inkubator" o`quv-amaliy dasturining dars jarayonlari davom etmoqda
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yashnobod innovatsion texnoparki tomonidan tashkil etilgan "YAIT biznes-inkubator" o`quv-amaliy dasturining dars jarayonlari bo`lib o`tmoqda.
Unda shu kunga qadar Barno Artikxo`jayevadan "Lean start-up va customer" metodikalari o`rganildi. Shuningdek Muzaffar Yusupov jamoa a'zolarining jamoadagi o`rni, motivatsiyasi, vazifalari, biznes model shablonlari haqida taqdimot qildi.
Shu bilan birga bozor mutaxassislari bilan uchrashuvlar, elektron platformalardan foydalanish, gipotezalarni tekshirish hamda tasdiqlash, muammoga ahamiyat qaratish kabi mavzular ham ishtirokchilarda qiziqish uyg`otdi.
Dars jarayonlari online va offline tarzda amalga oshirilib, qo`shimcha topshiriqlar asosida mavzular mustaxkamlanib borilmoqda. Umumiy 50 ta jamoa vakillari ishtirok etib, bilim va ko`nikmalarni egallab, a'zolar o`z biznes loyihalari ustida izlanish olib bormoqdalar.
Bundan tashqari trenerlar o`zlariga biriktirilgan jamoalar bilan intensiv ishlashni boshladilar.
Uch oy davom etadigan dastur qatnashchilari o`z ilmiy g`oyalarni startapga aylantirish va hayotga tatbiq qilish, investorlar bilan ishlash bo`yicha amaliy mashg`ulotlar oladi.
Dastur marketing boshqaruvi, moliyaviy boshqaruv, biznes operatsiyalar, raqamlashtirish va elektron platformalardan samarali foydalanish, huquqiy savodxonlik va soliqchilikka oid mavzularni o`z ichiga oladi.
Dastur so`nggida "Demo-kun" tadbiri o`tkaziladi. Unda ishtirokchilar o`z loyihalari hamda biznes rejalarini investorlarga taqdim qiladilar.