📈 YASHNOBOD INNOVATSIYA TEXNOPARKI REZIDENTI — “DOVON” MChJ FAOLIYATI BILAN TANISHING!

📈 YASHNOBOD INNOVATSIYA TEXNOPARKI REZIDENTI — “DOVON” MChJ FAOLIYATI BILAN TANISHING!

🏢 Yashnobod innovatsiya texnoparki direktori Xojiboy Rajabboyevich Kurboniyozov texnopark rezidenti — “DOVON” MChJ korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud imkoniyatlar hamda joriy etilgan innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.

🔬 Korxonada “Nanotexnologiya asosida innovatsion polimer plyonka texnologiyalari” loyihasi ishga tushirilgan. Mazkur loyiha doirasida zamonaviy nanotexnologiyalar asosida yuqori sifatli va mustahkam polimer plyonkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

💵 Loyihaning umumiy qiymati — 100,6 mlrd so‘m. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 6 000 tonnani tashkil etadi. Loyiha doirasida dastlab 150 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, kelgusida ularning sonini 200 tagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.

💡 Loyiha mahalliy sanoatni rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, aholi bandligini ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirishga muhim hissa qo‘shadi.

📈 Yashnobod innovatsiya texnoparki rezidentlarining innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish va yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda.

⭐️ Innovatsiyalar – kelajak poydevori!

📍 Yashnobod innovatsiya texnoparki - innovatsiyalar manzili!

📞 Telefon: (71) 269-49-52, (94) 622-14-51.

Bizni kuzating!

 

Boshqa yangiliklar