“YASHNOBOD” INNOVATSIYA TEXNOPARKI REZIDENTLIGIGA QABUL QILISH BO‘YICHA KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
#Yashnobod_innovatsiya_texnoparki
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentligiga qabul qilish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda innovatsion loyihalar asosida faoliyat yurituvchi quyidagi korxonalar o‘z taqdimotini o‘tkazdilar:
🔵 “FOTON” AJ - sanoat korxonalari uchun raqamli boshqaruv tizimlari, intellektual monitoring hamda yangi avlod mikroelektron komponentlarini ishlab chiqarish. Import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar.
🔵 “DREDGER” MChJ - gidromexanizatsiya sohasida innovatsion yechimlar: ko‘p funksiyali yer so‘rgichlar va suzuvchi mini-ekskavatorlar. Suv va quruqlik sharoitida ishlay oladigan zamonaviy texnika.
🔵 “NOMA’DAN MINERALLARI” MChJ - sanoat chiqindilari va marmar resurslarini qayta ishlash orqali yuqori sifatli mikrokalsit (maydalangan marmar kukuni) ishlab chiqarish. Ekologik xavfsiz va energiya tejamkor texnologiya.
🔵 “RUSART” MChJ - resurs tejaydigan modulli (mini) paxta zavodi loyihasi bo‘yicha rezidentlik maqomi yana 3 yil muddatga uzaytirildi. Korxona Samarqand viloyatida soatiga 3000 kg paxta xomashyosini qayta ishlash quvvatiga ega zavodni ishga tushirgan.
Bu loyihalar mamlakatimizda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga muhim hissa qo‘shadi.
🗣Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlar “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentiga aylangan holda soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘lishadi.
☎️ Telefon: (71) 269-49-52, (94) 622-14-51.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Majnuntol ko‘chasi, 5-uy.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn


