KARMANA TUMANIDA YASHNOBOD TEXNOPARKI IMKONIYATLARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI!

KARMANA TUMANIDA YASHNOBOD TEXNOPARKI IMKONIYATLARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI!

📍 Karmana tumani hokimi Shohruh Boltayev boshchiligida, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, “Yashnobod” texnoparki mas’ul xodimlari, Innovatsion rivojlanish agentligining hududiy vakillari hamda tadbirkorlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

🔽Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PF–5068-son Farmoni hamda joriy yil 4-aprelda mazkur hujjatga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati muhokama qilindi. Xususan, “Yashnobod” texnoparki faoliyati va uning rezidentlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni Karmana tumanida ham keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔼Tadbir davomida tuman hokimi hamda “Yashnobod” texnoparki mas’ul xodimlari tomonidan tadbirkorlarga texnopark rezidentlari uchun berilayotgan imtiyozlar, mavjud preferensiyalar, faoliyat yo‘nalishlari va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, barcha masalalar bo‘yicha atroflicha javob oldilar.

🪄Shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan bir qator innovatsion korxonalar rahbarlari kelgusida Farmonda nazarda tutilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish hamda biznes loyihalarini kengaytirish maqsadida “Yashnobod” texnoparki rezidenti bo‘lish istagini bildirdilar.

☎️ Telefon: (71) 269-49-52,  (94) 622-14-51. 

Bizni kuzating!

✈️ Web-site |📱 Telegram |📱 Instagram |📱 YouTube |📱 LinkedIn


2026-06-11-10-10-56-492797-7f9a487800103a6453c81b3aa1ab5371.webp?_=ozbol

2026-06-11-10-11-06-601536-a668f2efbde55a5433cc29a7dafa67ff.webp?_=ozbol

2026-06-11-10-11-16-735089-cf5dca75ba356c8637856bde062d674c.webp?_=ozbol

2026-06-11-10-11-28-789040-476752e5c121ab5717d903db774b6d91.webp?_=ozbol

2026-06-11-10-11-40-974859-1b36ab7ef8db283b5c51adefd444c094.webp?_=ozbol

 

2026-06-11-10-11-52-116853-c5e0decff3f6726ec8c2187a6ed28e2c.webp?_=ozbol

Boshqa yangiliklar