🌐 UNCTAD VAKILLARI YASHNOBOD INNOVATSIYA TEXNOPARKIGA TASHRIF BUYURDI!

🌐 UNCTAD vakillari Yashnobod innovatsiya texnoparkiga tashrif buyurdi

2026-yil 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda UNCTAD hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida UNCTAD vakillari va mustaqil baholovchi ekspertlar Yashnobod innovatsiya texnoparkiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida UNCTADning mustaqil tashqi baholovchisi Aitor Perez hamda UNCTAD Mustaqil baholash bo‘limi boshlig‘i Nishta Keeble Texnopark rahbariyati bilan uchrashib, Texnopark faoliyati, rezident korxonalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, innovatsion infratuzilma hamda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanishdilar.

Shuningdek, mehmonlar Texnopark hududidagi innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi va rezident korxonalarning ishlab chiqarish maydonlarini ko‘zdan kechirdilar. Tashrif yakunida UNCTAD vakillarining savollariga batafsil javob berilib, o‘zaro fikr almashildi.

#YashnobodTexnopark #UNCTAD #Innovation #Texnopark

 

 

Boshqa yangiliklar