
“Yashnobod” Innovatsion texnoparki va “O‘zbekekspertiza” AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi PQ–126-sonli qaroridanazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida, shuningdek, 2017-yil 5-iyundagi PF–5068-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 468-sonli Qaroriga muvofiq, “O‘zbekekspertiza” AJ va “Yashnobod” Innovatsion texnoparki o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Ushbu Memorandum yuqori texnologiyalar sohasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, texnologik ishlanmalarni sanoatlashtirish va tijoratlashtirish jarayonlariga ko‘maklashish hamda yaratilgan texno-makonda yangi rezidentlarni faol jalb etish masalalari bo‘yicha tizimli hamkorlikni rivojlantirishga asos bo‘ladi.