↗️ Yashnobod Innovatsiya Texnoparki va “Kimyo International University in Tashkent” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi!

#YashnobodTexnopark #Hamkorlik #Memorandum

↗️ Yashnobod Innovatsiya Texnoparki va “Kimyo International University in Tashkent” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi!

Texnopark direktori Kurboniyozov Xojiboy Rajabboyevich va universitet prorektori Vosiqov Ulug‘bek Alisherovich ta’lim va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida memorandumni imzoladilar.

📌 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

✅Universitet talabalarining Texnopark rezident korxonalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish;

✅Talabalar uchun Texnopark hududiga tanishuv ekskursiyalarini uyushtirish;

✅Rezidentlarning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalari va innovatsion mahsulotlari bilan tanishtirish;

✅Ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishga qaratilgan boshqa o‘zaro manfaatli tadbirlar.

🗓 Memorandum imzolangan kundan boshlab 5 yil davomida amal qiladi.

Ushbu hamkorlik talabalarga real innovatsion muhitda tajriba orttirish, kasbiy rivojlanish va kelajakdagi karyerasi uchun mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi.

⭐️ Innovatsiyalar – kelajak poydevori!

📍 Yashnobod innovatsiya texnoparki - innovatsiyalar manzili!

📞 Telefon: (71) 269-49-52, (94) 622-14-51.

Bizni kuzating!

Boshqa yangiliklar