“YASHNOBOD” INNOVATSIYA TEXNOPARKI REZIDENTI “BIG BAG PRODUCTION” MCHJ BILAN YAQINDAN TANISHILDI!
“YASHNOBOD” INNOVATSIYA TEXNOPARKI REZIDENTI “BIG BAG PRODUCTION” MCHJ BILAN YAQINDAN TANISHILDI!
🇺🇿Toshkent shahri Sergeli tumanida tashkil etilgan korxona innovatsion polipropilen qoplar, ko‘p filamentli (multifilament) iplar va quyoshdan himoya qiluvchi to‘rlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
💡 Loyihaning innovatsiya jihati: Korxona ishlab chiqarishning to‘liq siklini -polipropilen granuladan ip va matoni, undan tayyor qopni — zamonaviy ekstruziya, to‘quv va laminatsiya uskunalarida amalga oshiradi. Mahalliy xomashyodan import materiallaridan kam bo‘lmagan mustahkamlikdagi mahsulot olinadi; innovatsion perforatsiya texnologiyasi qadoqlangan mahsulotning “nafas olishi” va sifati saqlanishini ta’minlaydi.
🔤Loyiha ko‘rsatkichlari:
✅ Quvvat - yiliga 25 mln dona
✅ Loyiha qiymati - 40,92 mlrd so‘m
✅ Xomashyo - 80% mahalliy (20% import)
✅ Eksport salohiyati - ishlab chiqarishning 25% gacha
✅ 50–60 ta doimiy ish o‘rni
✅ Afzalliklari: Mahsulotlar chang va namlik o‘tkazmaydi, oziq-ovqat uchun zararsiz hamda yuqori mustahkamlikka ega (–70°C dan +100°C gacha haroratga chidamli). Bu importdagi qog‘oz va oddiy qoplar o‘rnini bosadigan, sifati va raqobatbardosh narxi bilan ajralib turuvchi eksportbop mahsulotni ta’minlaydi.
🏗 Qo‘llanish sohalari: Oziq-ovqat (un, shakar, don), kimyo, metallurgiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, qurilish (sement, quruq qurilish aralashmalari), o‘g‘it va kimyoviy granulalar sanoati. Mahsulot importning katta qismini tashkil etuvchi qoplar o‘rnini bosib, sanoat korxonalarini raqobatbardosh mahalliy xomashyo bilan ta’minlaydi.
📍 Yashnobod innovatsiya texnoparki - innovatsiyalar manzili!
☎️ Telefon: (71) 269-49-52, (94) 622-14-51.
Bizni kuzating!