🔥 “YASHNOBOD INNOVATSIYA TEXNOPARKI” REZIDENTI – “ISTAL” ILMIY-ISHLAB CHIQARISH KORXONASI ZAMONAVIY ISSIQLIK TEXNIKASI USKUNALARINI ISHLAB CHIQARMOQDA.

1991-yilda tashkil etilgan ООО НПП “ISTAL” korxonasi bug‘ va suv isitish qozonlari, avtomatlashtirilgan blokli gorelkalar, ko‘chma modulli qozonxonalar hamda boshqa yuqori texnologiyali issiqlik uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Korxona mahsulotlari to‘liq o‘z quvvatlarida tayyorlanadi va quyidagilar bilan ajralib turadi:

Quvvati 0,1 dan 4,0 MVt gacha bo‘lgan avtomatlashtirilgan suv isitish qozonlari ishlab chiqariladi.

Gaz, suyuq va qattiq yoqilg‘ida ishlovchi uskunalar yoqilg‘i sarfini sezilarli kamaytiradi.

Issiqlik texnikasi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi va nostandart muhandislik yechimlari taklif etiladi.

Loyihalashdan tortib montaj, ishga tushirish-sozlash va servisgacha - to‘liq xizmat ko‘rsatiladi.

Korxona uskunalari qishloq xo‘jaligi (issiqxonalar), oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati, neft qazib olish, beton va asfalt zavodlari, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish hamda logistika sohalarida keng qo‘llaniladi.

 

🤝 Bugungi kunda “ISTAL” O‘zbekiston bo‘ylab 500 dan ortiq hamkor bilan ishlamoqda.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi, 12-uy

🕗 Ish vaqti: Du–Ju, 08:00–17:00

 

📌 Bizni kuzating
 

Website | 📷 Instagram | 📘 Facebook | ▶️ YouTube

Boshqa yangiliklar